26 Oktyabr 2021 yil 56

Qoʻqon shahrida tilla-taqinchoq sotib olib, pullarini bermagan ayol javobgarlikka tortildi

Qoʻqon shahri. 2021-yilning sentabr oyida B.N ismli ayol tanishi A.Yu ismli ayolning ishonchiga kirib jami 3.500.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarni pullarini bir haftada berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmay aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan tilla-taqinchoqlarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech