24 Yanvar 2023 yil 30

Qoʻqon shahrida savdo doʻkondan pul va tamaki mahsulotlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Qoʻqon shahar. E.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 02-yanvar kunidan 03-yanvar kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Turon koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkonidan 6.000.000 soʻm pullari va jami narxi 5.600.000 soʻmlik tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda oʻgʻirilab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech