12 Yanvar 2022 yil 38

Piyoz mahsulotlarini arzon narxda olib berishni vaʼda qilib, 135.000.000 soʼm pullarni aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritgan ayol javobgarlikka tortildi

Fargʼona shahri. 2022 yilning 08 yanvar kuni T.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning oktyabr oyida nomaʼlum ismli ayol Oybek MFY hududida ishonchiga kirib, arzon narxda piyoz mahsulotlarini olib kelib berishini aytib, undan 135.000.000 soʼm pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʼli bilan pullarni qoʼlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech