15 Oktyabr 2021 yil 45

Oʻzbekiston tumanida oziq-ovqat sotib olgan shaxsning 50 AQSH dollari qalbaki boʻlib chiqdi

Oʻzbekiston tumani. 12-oktabr kuni Q.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 05-oktabr kuni noma’lum shaxs Mingtut qishlogʻi hududida joylashgan oziq-ovqat savdo doʻkoniga kelib, narxi 120.000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib, 50 AQSH dollarli kupyuradagi qalbaki pulni berib, 410.000 soʻm qaytim olib, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Oʻtkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertizaning xulosasiga koʻra,Q.X ismli ayoldan olingan bir dona 50 AQSH dollar kupyura nusxa koʻpaytiruvchi texnika yordamida nusha ishlanganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech