25 Noyabr 2022 yil 38

Oʻzbekiston tumani giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston tumani.2022-yilning 13-oktabr kuni Oʻzbekiston tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qum mahalla hududida yashovchi Gʻ.X.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech