6 Yanvar 2020 yil 622

O'zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi

Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o'rtasida keng muhokamaga sabab bo'layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan 2020 yil 9 yanvar` (payshanba) kuni, soat 15:00da O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish organlari faoliyati mavzusida matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Unda Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyati va bir qator mas'ul xodimlar ishtirok etib, sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar. 

Tadbirga, barcha OAV vakillari, blogerlar hamda sohaga qiziqish bildirgan fuqarolarimiz taklif etiladilar. Mazkur matbuot anjumanida ishtirok etish istagini bildirganlar, o'zlari bilan shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki pasport) bilan kelishlarini iltimos qilamiz.

IIV Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech