14 Avgust 2021 yil 32

Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Margʻilon shahri. 07-iyul kuni Toʻralar koʻchasida yashovchi fuqaro X.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 05-may kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narhi 1.500.000 soʻmlik “MI not 8” rusumli uyali telefon apparatini vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berishini aytib, olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech