12 Iyun 2020 yil 87

Margʼilon shahrida “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi piyodani urib yubordi

Margʼilon shahri.09 iyun kuni Yu.Sh. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini Mustaqillik koʼchasida boshqarib ketayotib, yoʼlni piyoda kesib oʼtayotgan U.M.ni urib yuborishi oqibatida U.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Margʼilon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar!

Yoʼl harakati qoidalariga amal qiling.Qoidalarni buzish ogʼir oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech