31 Avgust 2021 yil 106

Margʻilon shahrida fuqaroning plastik kartasidan aldov yoʻli bilan pul yechib olgan shaxs javobgarlikka tortildi

Margʻilon shahri. 16-avgust kuni T.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs bilan ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, sotuvga joylashtirgan telefon apparatini sotib olishga kelishib, pul mablagʻlarini uning plastik kartasiga oʻtkazib bersa telefon apparatini uyiga yuborishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan plastik kartasidan 8.999.100 soʻm pullarini yechib olib, qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech