28 Avgust 2021 yil 104

Margʻilon shahrida 19 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarish qilib kelayotgan shaxs aniqlandi

Margʻilon shahri. 19-avgust kuni shahar IIB JQB va TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangiobod MFY hududida yashovchi R.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 19 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech