13 Oktyabr 2021 yil 22

Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan kissavur qoʻlga tushdi

Margʻilon shahri. 10-oktabr kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Qashqar m.f.y. hududida joylashgan bozorda kurtkasini choʻntagida boʻlgan narxi 1.400.000 soʻmlik “Редми 9А” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech