26 Noyabr 2021 yil 77

Marg‘ilon shahrida tilla uzuk o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

 

Marg‘ilon shahri. 19 iyul kuni Q.O IIBga murojaat qilib, unda 18 iyul kuni nomaʼlum shaxs B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida stol ustida qarovsiz qoldirgan narxi 3.000.000 so‘mlik tilla uzugini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech