26 Noyabr 2021 yil 99

Margʻilon shahrida plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Margʻilon shahri. 23-noyabr kuni X.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 16-noyabr kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasini boshqarish imkoniyatini qoʻlga kiritib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 600.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.Q sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech