28 Mart 2020 yil 356

Jarimani bekor qilishni vaʼda qilgan firibgar fosh etildi

Qoʼqon shahri. 2020 yil 15 mart kuni Uchkoʼprik tumanida yashovchi T.X. tanishi R.B.ga yoʼl harakati qoidalarini buzganligi uchun qoʼllanilgan 2 000 000 soʼm maʼmuriy jarimani IIBda ishlovchi tanishlari orqali bekor qildirib berishga vaʼda berib, ishonchiga kirib, 200 АQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, pullarni oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan T.X.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzgalarning pullarini aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritib, boylik orttirishni oʼziga kasb qilib olgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan.Har kim qilmishiga yarasha javob beradi.

 

                        Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech