22 Iyun 2022 yil 48

Fuqaroning yonidan gashish giyohvandlik moddasi chiqdi

Fargʻona shahri: 2022-yil 14-iyun kuni Fargʻona viloyati IIB PPX xodimlari Fargʻona shahar Yangi asr koʻchasida xizmat olib borayotgan vaqtlarida shu koʻchada bemaqsad yurgan 1983-y.t. K.A. toʻxtatilib tekshirilganda uni choʻntagida 2-boʻlak “Gashish” giyoxvandlik moddasi borligi aniqlanib xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech