25 Aprel 2020 yil 288

Fargʼonada giyohvand moddani saqlayotgan shaxs aniqlandi

Fargʼona shahri.16 aprelь kuni oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Motrudiy koʼchasida harakatlanib ketayotgan S.Sh. toʼxtatilib, uni kiyimlari xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida, choʼntagida “Gashish” giyohvand moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan va giyohvandlik moddasi daliliy ashyo tariqasida olingan. 

Holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech