15 Oktyabr 2021 yil 33

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi erkak va ayol qoʻlga olindi

14-oktabr kuni Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.B.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Margʻilon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Ye.A ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech