30 Aprel 2020 yil 508

Fargʼona tumanida Koreyaga ishga joʼnatishga yordam bermoqchi boʼlgan firibgar aniqlandi

Fargʼona tumani. Tumanda yashovchi M.Yo. tanishi Q.X.ga ukasini Janubiy Koreya Respublikasiga ishga ketishi uchun oʼtkaziladigan sinov imtixonlarida yordam berishini aytib aldab, uni 4.000 АQSh dollarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, pullarni oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.



Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech