15 Iyun 2020 yil 139

Fargʼona shahrida “marixuanna” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Fargʼona shahri.04 iyun kuni oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, А.Navoiy koʼchasida joylashgan “Ishonch kredit” savdo doʼkoni oldida M.А.ni yonida boʼlgan sumkasi ichidagi oq rangli “Kent” va “LD” sigaret qutilari xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, “marixuanna” giyoxvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.   

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech