25 Noyabr 2021 yil 41

Fargʻona shahrida klinikadan kislorod balonlarini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahri. 19-noyabr kuni S.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 17-noyabr kunidan 19-noyabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs A.Navoiy koʻchasida joylashgan oʻziga tegishli boʻlgan klinikaga gʻayriqonuniy ravishda kirib, jami narxi 12.500.000 soʻmlik kislorod balonlarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligi ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech