4 Avgust 2021 yil 78

Fargʻona shahrida xonadonidagi seyfda “gashish” giyohvandlik moddasisaqlab kelayotgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 02-avgust kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, I.Buxoriy koʻchasida yashovchi K.F.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonidagi temir seyf ichida “gashish” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech