13 Oktyabr 2021 yil 27

Fargʻona viloyatida 2 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

12-avgust kuni Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Y.M.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech