14 Avgust 2021 yil 52

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

13-avgust kuni Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan N.X.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Uchkoʻprik tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.X.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech