14 May 2022 yil 89

Farg'ona tumanida 60 tup ko'knori o'simliklarini parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

Farg'ona tumani.5 may kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbir davomida Vaziyo mahalla hududida yashovchi M.u.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup ko'knori o'simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech