14 Oktyabr 2021 yil 35

Fargʻona shahrida “Jentra” rusumli avtomashinasini sotib olib, pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 11-oktabr kuni fuqaro A.I IIBga murojaat qilib, unda 24-iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Jentra” rusumli avtomashinasini 16.200 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarini bir oy muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech