11 Avgust 2021 yil 69

Fargʻona shahrida ijtimoiy tarmoq orqali ayolni aldab pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 05-avgust kuni T.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning aprel oyi boshlarida, telegram ijtimoiy tarmoqdagi tegishli kanal a’zosi boʻlgan noma’lum shaxs pullarini koʻpaytirib berishni aytib uni ishonchiga kirib, 600 AQSH dollarini ijtimoiy tarmoq orqali aldab qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech