14 Oktyabr 2021 yil 44

Fargʻona shahrida avtomashinaga yoʻlovchi sifatida chiqqan ayol oʻgʻirlikka qoʻl urdi

Fargʻona shahri. 11-oktabr kuni fuqaro M.M IIBga murojaat qilib, unda 10-oktabr kuni noma’lum shaxs boshqaruvdagi “Неxiа” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqib, Mustaqillik koʻchasiga yetib kelgan vaqtida avtomashina orqa oʻrindigʻida qarovsiz qoldirgan 100.000 soʻm pullari va avtomashina hujjatlari va haydovchilik guvohnomasi solingan katmonini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.G. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech