12 Oktyabr 2021 yil 30

Fargʻona shahrida atrofi oʻralmagan binodan armatura mahsulotlarini oʻgʻirlagan ayol aniqlandi

Fargʻona shahri. 12-iyun kuni fuqaro M.O IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan kurilishi tamomlanmagan atrofi devor bilan oʻralmagan binoda qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli narhi 2.000.000 soʻmlik armatura mahsulotlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.I ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech