12 Iyun 2020 yil 169

Yozyovon tumanida avtohalokat natijasida “Damas” haydovchisi vafot etdi

Yozyovon tumani. 10 iyun kuni fuqaro M.I. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli  yuk avtomashinasini Yangiobod MFY hududida boshqarib ketayotib, yoʼlni oʼng chetida toʼxtab turgan X.D. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan toʼqnashuv sodir etishi oqibatida “Damas” haydovchisi X.D. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi  2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Yoʼl harakati qoidalariga amal qiling. Yoʼl qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech