14 Sentyabr 2021 yil 17

Dangʻara tumanida oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilgan shaxs qoʻlga tushdi

Dangʻara tumani. 11-sentabr kuni Katta-boybucha MFY hududida yashovchi fuqaro U.E IIBga murojaat qilib, unda 09-sentabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni kirish eshigi oldida qarovsiz qoldirgan narhi 700.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech