24 Noyabr 2022 yil 45

Dangʻara tumani IIB tomonidan qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi

Dangʻara tumani IIB JQB va TEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.D.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech