10 Iyun 2020 yil 70

Beshariqda “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi piyodani urib yuborib, tan jarohati yetkazdi

Beshariq tumani. 04 iyun kuni fuqaro T.S. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Chimboy qishlogʼi hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib oʼtayotgan А.B.ni urib yuborishi oqibatida А.B. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʼona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, ulardan yoʼl harakati qoidalarini buzmasliklarini soʼrab qoladi.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech