11 Avgust 2021 yil 68

Bagʻdod tumanida xonadon yertoʻlasida “kannabis” giyohvandlik oʻsimligi saqlab kelinayotganligi aniqlandi

Bagʻdod tumani. 03-avgust kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangihayot koʻchasida yashovchi M.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yer toʻlasida “kannabis” giyohvandlik oʻsimligini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Bagʻdod tumani tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech