25 Noyabr 2022 yil 53

Avtomashinasidan oʻgʻirlangan fuqaroning telefon apparati topildi

Margʻilon shahar.Fuqaro A.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 04-noyabr kuni noma’lum shaxs Toshkesar mahallasida qarovsiz qoldirgan “Тиcо” rusumli avtomashinasini old oʻrindigʻida turgan narxi 1.000.000 soʻmlik “Редми A-9” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech