28 Oktyabr 2021 yil 75

Oltiariq tumani tumanida “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi

Oltiariq tumani. 22-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Uzumchi MFY yashovchi A.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, molxonasi tom qismida “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech