15 Sentyabr 2021 yil 59

Fargʻona viloyatida 2 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

15.09.2021-yil kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.V.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Toshloq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech