23 Iyun 2022 yil 55

10 nafar mahkum shartli ravishda jazodan ozod etildi

Fargʻona shahar IIO FMB Probatsiya boʻlimi hisobidagi shaxslar ishtirokida kelgusida takroriy jinoyatlar sodir qilinishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbir oʻtkazilib, unda jazo oʻtash tartib-qoidalari hamda jinoyat va huquqbuzarliklar oldini olish haqida soʻz yuritildi.

Oʻtkazilgan sayyor sud jarayonlarida esa mehnatga halol munosabatda boʻlgan, toʻliq axloqan tuzalish yoʻliga oʻtgan, tayinlangan jazodan oʻziga tegishli va toʻgʻri xulosa chiqarib olgan, jazoni oʻtash davrida qayta jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan, shuningdek, intizomiy javobgarlikka tortilmagan 10 nafar mahkumlar muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod etildi.

Fargʻona viloyati Axborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech