13 Avgust 2021 yil 51

Qoʻqon shahrida “kissavur” qoʻlga olindi

Qoʻqon shahri.05-avgust kuni Q.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 03-avgust kuni noma’lum shaxs Istiqlol koʻchasida “Исузу” rusumli avtobusda yoʻlovchi sifatida ketayotgan paytda egnidagi kiyimining choʻntagidan narhi 1.200.000 soʻmlik “Самсунг A 10-S” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Y.J sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech