13 Yanvar 2022 yil 63

Qoʼqon shahrida qarovsiz qoldirilgan 13.000.000 soʼmlik temir quvurlarni oʼgʼirlagan shaxs qoʼlga tushdi

Qoʼqon shahri. 2022 yilning 06 yanvar kuni Yu.M IIBga murojaat qilib, unda 04 yanvar kuni nomaʼlum shaxs Navbahor koʼchasida qarovsiz qoldirgan narxi 13.000.000 soʼmlik temir quvurlarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.L sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech