24 Sentyabr 2022 yil 92

Oʻzbekiston tumanida talonchilar qoʻlga olindi

Oʻzbekiston tumani.20-sentabr kuni R.L, T.B va X.I.lar bir guruh boʻlib, Yakkatut mahalla hududida yashovchi X.Sh.ni qoʻllari bilan urib, yonida boʻlgan “Самсунг A6” rusumli telefon apparati, fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi hujjatlari hamda ichida 600 AQSH dollari va 60.000 soʻm pullari boʻlgan katmonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, porotsyessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech