14 May 2022 yil 62

 Farg'ona shahrida telefon va pul o'g'irlagan shaxs fosh bo'ldi

Farg'ona shahar.2021 yilning 16 oktyabr kuni P.O IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs Universitet ko'chasida joylashgan basketbol o'yingohi chetida o'rindiqda qarovsiz qoldirgan narxi 50 AQSh dollarlik erkaklar rukzagi va uni ichida bo'lgan 350 AQSh dollarli bo'lgan “Ayfon 6-S” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o'g'irlab ketganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.N sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech