14 Sentyabr 2021 yil 40

Beshariq tumanida fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali pullariga chuv tushdi

Beshariq tumani. 02-sentabr kuni U.X IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 29-avgust kuni noma’lum shaxs internet ijtimoiy tarmogʻidagi “OLX” saytiga sotuvga qoʻygan mebel mahsulotini sotib olishga kelishib, pullarini plastik karta raqamiga oʻtkazib berishni aytib, ishonchini suite’mol qilish orqali plastik kartasining xos raqamini olib, aldov yoʻli bilan karta hisobida boʻlgan 11.939.000 soʻm pullarini boshqa plastik karta hisobiga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.I ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech